O‘zbekistonda yanvar oyida anomal sovuq kutilyaptimi?

Date:

O‘tgan yilgi anomal sovuq hali yodimizdan ko‘tarilgani yo‘q. Bu yil ham ana shunday havo harorati kuzatilishi mumkinligi esa kishini biroz sarosimaga solishi ham rost. Shunday paytda savol tug‘ilishi tabiiy hol, albatta. Ho‘sh, O‘zbekistonda yanvar oyida anomal sovuq kutilayaptimi? Bu haqda “O‘zgidromet” vakili ma’lum qilishicha, yanvarda anomal sovuq kuzatilmayapti:
“Aslini olganda, yanvar oyi sovuq kelgani yaxshi. Negaki, iliq kelgan qishning oqibatlari keyingi yil bahor va yozda bilinadi hamda u juda ham og‘ir asoratlarni keltirib chiqaradi. Masalan, qishloq xo‘jaligi va yaylovlar uchun og‘ir sharoit yuzaga keladi”, — deydi mutaxassis.
Uning aytishicha, qish yakunigacha qor yog‘ishi va havo harorati 0 darajadan pasayishi mumkin. “Anomal sovuq hozircha kutilmayapti. Qish iliq kelishi haqidagi gapni kunlik harorat +10 yoki +20 bo‘ladi deb tushunmaslik kerak. Qish yakunigacha 3-4 kun qor yog‘adigan, harorat 0 darajadan pastga tushadigan holatlar bo‘lar”, ekan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun