Iqtidorlar saralandi

Date:

Qishki ta’til kunlari davom emoqda. Kimdir mutolaaga, kimlardir uy yumushlari bilan band bo‘lsa, kimlardir maktabdagi to‘garaklarga qatnayapti. Ko‘pchilik o‘quvchi-yoshlar esa sayohatga otlanib, vohamizning e’tiborga molik manzillarini kezayotir. Iqtidorli yoshlar uchun esa Oltinsoy tuman 15-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida ta’til kunlarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Milliy va zamonaviy cholg‘u ijrochiligi” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Ko‘rik-tanlovda tumanning 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlari ishtirok etib, milliy va zamonaviy cholg‘ularni chalishni nechog‘lik bilishlarini namoyish etishayotir. 10-17 yosh toifasida rubob yo‘nalishida Dilshodbek O‘rolov, doira yo‘nalishida Shamshod Abdurahmonov, dutor chalishda Shohsanam Boqiyeva, shuningdek, 18-30 yosh toifasida Pardaxol Taliyeva, 1-o‘rinni egalladi. Zamonaviy cholg‘ular bo‘yicha esa 10-17 yosh toifasida fortepiano yo‘nalishida Rayhona Jalilova, 18-30 yosh toifasida esa Gulmira Jo‘rayevalar g‘olib bo‘lib, tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Gʻoliblarga diplomlar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Otamni eslab

Jo‘rayev Chorshanbe xotirasiga17-sentyabr. Otamning tug‘ilgan kuni. Agar hayot bo‘lganlarida,...

Mahalliy boshqaruvda yangi muvozanat

Mahalliy davlat hokimiyatida vakillik va ijro organlari vakolatlarining aniq...

E’tiborsizlik qimmatga tushmasin

Kuz-qish mavsumida xonadonlarda isitish moslamalari, elektr jihozlari va gaz...

Haqiqiy holat o‘rganishda ochiqlandi

Tarixiy obidalar — xalqning o‘tmishi, ajdodlar tafakkuri va bunyodkorlik...
KunTun
KunTun