Mahallada duv-duv gap bo‘ldi

Date:

Oltinsoy tumanidagi 39-maktab klubida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida boshlangan tadbir mahallada duv-duv gap bo‘lib, yoshu keksani bir yerda jam qildi. Aynan “Mahallada duv-duv gap” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy va madaniy-musiqiy tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev boshchiligida 2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishida bergan topshiriqlari ijrosi doirasida o‘tkazildi.
So‘zga chiqqanlar yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlar haqida to‘xtaldilar. “Sharshara” folklor etnografik xalq havaskorlik ansambilining chiqishlari barchada milliy qadriyatlar uyg‘unligida ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. “Kõzmunchoq” folklor etnografik namunali bolalar jamoalari xalqona kuy-qo‘shiqlari, aytishuvu termalar kuylab, barchani shodon o‘yin-kulguga chorladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun