“Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!”

Date:

Har bir islohot, har bir amalga oshirilayotgan ishlar negizida, albatta, xalq manfaati, orzu va umidlari mujassam. Bugun qayga boqmaylik ana shunday o‘zgarishlar, islohotlar samara berayotganiga guvoh bo‘lamiz. Bandixon tumanining “Farovon” mahallasida joylashgan Bandixon Agrotexnologiyalar texnikumida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida tashkil etilgan “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy, musiqiy tadbirida ham ayni masalalarga e’tibor qaratildi.
Tadbirda yurtimizda va tumanda olib borilayotgan keng islohotlar haqida so‘z yuritilib, ma’naviy-ma’rifiy yuksalish borasidagi Yangi O‘zbekiston strategiyasida jamiyatning ruhini belgilab beruvchi eng muhim yo‘l sifatida bejiz tanlanmagani e’tirof etildi. Tashkil etilayotgan bunday tadbirlarning asosiy maqsadi ham xalqimizni ulug‘ maqsadlarimiz yo‘lidagi hamjihatligini yanada mustahkamlashdan iborotdir.
Yakunda esa viktorina savollari orqali yoshlarning jahon adabiyoti va badiiy asarlarni nechog‘lik bilishlari, ma’naviy olamlari sinovdan o‘tkazildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitobga mehr, mutolaaga ragʻbat

Kitobga mehr bolalikdan şakllanadi. Yoşlarning mutolaaga qiziqişini oşiriş, ularni...

Işonç deklaratsiyadan boşlanmaydi

Bank faoliyatida korrupsiyaviy xavflar, avvalo, moliyaviy qarorlar, xaridlar va...

Millat emas, fazilat mezon

Insonlarni millati, tili yoki kelib çiqişiga qarab ajratiş emas,...

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...
KunTun
KunTun