“Qadriyat” elektron platformasi va mobil ilovasi yaratiladi

Date:

“Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–405-son, 25.12.2023-y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-apreldan noyob va (yoki) yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi 20 nafar shaxs aniqlanib, ularga ko‘maklashiladi hamda faoliyatini baholash ko‘rsatkichlari belgilab beriladi.

Ushbu ko‘rsatkichlarni bajargan nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi shaxslar har oyda 5 million so‘m miqdorida rag‘batlantirib boriladi. Alohida ahamiyatga ega nomoddiy madaniy meros namunalarini yozib olish va keng tarqatish uchun har yili 50 ta audiovizual asar yaratishga davlat buyurtmasi beriladi.

Qolaversa, nomoddiy madaniy meros namunalarini “tayyorlash–o‘rgatish–tiklash–ommalashtirish” yaxlit uzluksiz tizim asosida rivojlantiriladi. Nomoddiy madaniy meros namunalarini kompleks rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy va ijodiy maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutida etnofolklor laboratoriyasi tashkil etiladi. Institutga 2024-yildan har yili to‘lov-kontrakt shartnomasi asosida tayanch doktorantura uchun kamida 3 tadan, stajyor-tadqiqotchilik uchun kamida 2 tadan kvota ajratiladi.

Shuningdek, 2024-yildan har yili  mart oyida “Milliy qadriyatlar oyligi” tadbirlari va xalq sayillari o‘tkazib boriladi.

2024-yil 1-oktabrgacha “Qadriyat” elektron platformasi va uning mobil ilovasi yaratiladi. Platformaga nomoddiy madaniy merosni, jumladan maqom, baxshichilik namunalarini o‘zida saqlovchi va yetkazuvchilar haqidagi ma’lumotlar hamda ularning ro‘yxati joylashtiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

50 nafar ish o‘rni yaratildi

Angor tumanida bugun quvonchli voqea — “Oqsaroy” tantanalar saroyining...

Yagona jildda jam

YUNESCOning Samarqanddagi 43-sessiyasi doirasida “Turkiy xalqlar folklori ko‘p jildligi”...

“103” xizmatida “Onlayn-shifokor”

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab tez tibbiy yordam tizimi yangi bosqichga...

Raqiblarin ortda qoldirib…

Surxondaryoning faxri, Termiz tumani vakili Mirzabek Elmurodov sportning shaxmat...
KunTun
KunTun