Yosh chegarachilar bilan uchrashuv

Date:

Vatan himoyachilar kuniga ham oz qoldi. Ammo, qalbimizga vatanparvarlik hissini singdirish uchun ushbu sanani kutib o‘tirmaymiz. Balki turli tadbirlar, uchrashuvlar, musobaqalar orqali ham, oddiygina film tomosha qilib ham qalbimizda vatanga bo‘lgan hislarimizni yanada alanga oldirishimiz mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni arafasida viloyatimiz umumtaʼlim maktablarida qator harbiy-vatanparvarlik va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilayotganining sababi ham shundan.


Termiz shahridagi 13-sonli hamda 26-sonli umumtaʼlim maktablarida DXX Chegara qoʻshinlari “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi oʻquvchilari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Harbiy libosi oʻziga yarashib turgan yosh oʻgʻlonlar oʻzlari 10-sinfgacha tahsil olgan maktabda oʻquvchilarga DXX Chegara qoʻshinlari “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi, unda yaratilgan sharoitlar, oʻqishga qabul qilinish shartlari haqida so‘zlab berishdi.
Mana shunday uchrashuvlarning tashkil etilishi yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, harbiylikka qiziqtirish, ularga yurt oldidagi farzandlik burchini anglatishi bilan ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vazir TerDPIda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova Termiz davlat...

Polimer quvurlar o’zimizda ishlab chiqariladi

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati delegatsiyasi tarkibida Rossiya Federatsiyasida...

Inson resurslari rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyati hokimligida Boshqaruv samaradorligi agentligining viloyat filiali hamda...

Oldindan prognoz qilinadi

O‘zbekistonda seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy...
KunTun
KunTun