Sabrning sinoviga saboq berganlar

Date:

Kimdir imkonsizligidan imkon yo‘nish uchun qabullarga qatnayverib, bir nimalik bo‘lish payida yuradi. Kimlardir esa buni o‘ziga or deb bilib, eng to‘g‘ri yo‘l va yechim sabr bilan mehnat qilish deb biladi. To‘g‘ri-da, mehnat, o‘zidagi imkoniyatlardan oqilona foydalana bilishlik eng oqil qaror aslida. Angorlik Muqaddas Qo‘ziboyeva ham turmush o‘rtog‘ining vafotidan so‘ng, taqdir sinovlarini yengib o‘tish, uch nafar farzandini tarbiyalash, birovdan kam qilmaslik uchun mehnat bilan do‘st tutindi.


Qiyinchiliklar oldida bosh egmay, ularni sabr-bardosh bilan yengib o‘tdi. Shaxsiy tomorqasidan daromad topib, farzandarini o‘qitdi, uyli-joyli qildi. Tumandagi “Bahor” mahallasida yashab kelayotgan Gulhol Ravshanova ham Muqaddas Qo‘ziboyevadan aslo qolishmaydi. Opaning bosib o‘tgan hayot yo‘li ko‘pchilikka o‘rnak bo‘lsa arziydi. Yer bilan tillashib, dehqonchilik qilib kelayotgan Gulhol opa mehnati ortidan daromad topib, hayot qiyinchiliklarini yengib o‘tmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar sportda chiniqmoqda

Yosh avlodni jismonan sog‘lom, irodali va jamoaviy ruhda tarbiyalashda...

 “Qalqon” yana peshqadam!

Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylikni...

392 nafar mahkum afv etildi

Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarini keng qaror toptirish, jamiyatda mehr-oqibat va...

Mahallalarda xavfsiz muhit

Yurtimizda mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, oilalarni...
KunTun
KunTun