Muddatidan ilgari talaba bo‘ldi

Date:

Ulug‘bek Mamatqulov Termiz tumanidagi 4-umumta’lim maktabning 11-sinf o‘quvchisi. Ayni o‘qishga kirish uchun tayyorgarlik bilan band bo‘lib yurgan pallada maktabdagi o‘qishu tadbirlarni ham qoldirmaslikka harakat qilib keladi. Ustozlarning taklifi bilan Ulug‘bek ham “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida bo‘lib o‘tgan sport musobaqalarida ishtirok etib, o‘zini sinab ko‘rganida maktabda g‘olib bo‘lgandi. Undan keyingi bosqichlarida ham muvaffaqiyatga erishgan Ulug‘bek olimpiadaning respublika bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan gandbol sport turidan musobaqada ishtirok etadigan bo‘ldi.
To‘g‘risi, ushbu musobaqaga unchalik ham umid bog‘lamagan sportchi yigitning ishtiroki faxrli 3-o‘rinni egallashiga sabab bo‘ldi. Mukofotiga esa muddatidan oldin Toshkent davlat jismoniy tarbiya instituti talabasi bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Kutilmagan xushxabardan Ulug‘bekning o‘zi, oilasi va ustozlarining boshi osmonda. Mehnatning rohati shu bo‘lsa kerak.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar sportda chiniqmoqda

Yosh avlodni jismonan sog‘lom, irodali va jamoaviy ruhda tarbiyalashda...

 “Qalqon” yana peshqadam!

Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylikni...

392 nafar mahkum afv etildi

Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarini keng qaror toptirish, jamiyatda mehr-oqibat va...

Mahallalarda xavfsiz muhit

Yurtimizda mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, oilalarni...
KunTun
KunTun