Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi xalq xizmatiga shay

Date:

Termiz shahridagi “Markaziy dehqon bozori”ga borgan kishi yangi yil shukuhini his etadi. Sababi bozorda ichimliklardan tayyorlangan ulkan archa, bayramona bezatilgan rastalar, yoritkichlarning yal-yal yonib o‘chib, zarlarning tovlanishi kishi qalbida bayram kayfiyatini uyg‘otadi. Ayniqsa, yo‘lingiz yangi yil bayrami munosabati bilan arzonlashtirilgan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkasiga ulanib, narx-navo, mahsulotlar sifatini ko‘rib, qalbingiz yanada ravshanlashadi.
Arzonlashtirilgan yarmarkada chorvachilik, parrandachilik, asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari deysizmi, xullas hamma narsa badastir. Shunchaki, narxini so‘rab, tanlab-saralab xaridni amalga oshiraverasiz. Xalq xizmatida turgan savdogarlarning qo‘llari ko‘ksida, shirinsuhanlik bilan istak va xohishingizga qarab bozoringizga baraka kiritishmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar sportda chiniqmoqda

Yosh avlodni jismonan sog‘lom, irodali va jamoaviy ruhda tarbiyalashda...

 “Qalqon” yana peshqadam!

Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylikni...

392 nafar mahkum afv etildi

Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarini keng qaror toptirish, jamiyatda mehr-oqibat va...

Mahallalarda xavfsiz muhit

Yurtimizda mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, oilalarni...
KunTun
KunTun