MAKTABLAR ELEKTRON DOSKA BILAN TA’MINLANDI

Date:

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Surxondaryo viloyatidagi investitsiya dasturi boʼyicha mukammal va joriy taʼmirlangan maktablar uchun 100 dona elektron interaktiv doskalar ajratildi. Termiz shahridagi 16-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi U.Qosimov, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i X.Mamadiyev ishtirokida mazkur elektron doskalar maktab direktorlariga tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir davomida sifatli ta’lim uchun zamonaviy jihozlar zarur ekanligi va yangi elektron doskalar darslarning yanada mazmunli bo‘lishida xizmat qilishi ta’kidlandi. Bugungi kunga qadar Surxondaryo viloyatida mavjud umumta’lim maktablarining 305 tasi elektron doskalar bilan ta’minlangan bo‘lib, bugunga kelib, ularning soni 405 taga yetdi. Qolgan maktablar ham bosqichma-bosqich elektron doskalar bilan ta’minlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar sportda chiniqmoqda

Yosh avlodni jismonan sog‘lom, irodali va jamoaviy ruhda tarbiyalashda...

 “Qalqon” yana peshqadam!

Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylikni...

392 nafar mahkum afv etildi

Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarini keng qaror toptirish, jamiyatda mehr-oqibat va...

Mahallalarda xavfsiz muhit

Yurtimizda mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, oilalarni...
KunTun
KunTun