Olimpiada g‘oliblari aniqlandi

Date:

Yurtimizda ta’lim-tarbiya masalalariga, yoshlar taqdiriga muhim e’tibor qaratiladi. O‘quvchi-yoshlarning fan sirlarini olishlari bilan bir qatorda tadbirkorlik salohiyatlari, moliyaviy savodxonligi ham oshirib boriladi. Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabida Surxondaryo viloyati hokimligi va Tataristonning “Alabuga” erkin iqtisodiy zonasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida 9-11-sinf o‘quvchilar o‘rtasida tadbirkorlik asoslari va moliyaviy savodxonlik fanlari bo‘yicha olimpiadaning final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Olimpiadaning tantanali taqdirlash marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va “Alabuga” erkin iqtisodiy zonasi mutasaddilari, o‘qituvchi va murabbiylar, o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi. Yakunda olimpiada g‘oliblariga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun