Robo-kodlash olimpiadasi bo‘lib o‘tdi

Date:

So‘nggi paytlarda yoshlarning orzusidagi kasblar sirasiga robototexnika va IT sohasi ham qo‘shildi. Bu qiziqish sohani chuqurroq o‘rganishga, yutuq va muvaffaqiyatlarga erishishga imkoniyat yaratmoqda. Ushbu yo‘nalishda iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va munosib rag‘batlantirish maqsadida Prezident maktabi, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-8- hamda 9-11-sinf o‘quvchilaridan tarkib topgan jamoalari ishtirokida Termiz shahridagi Prezident maktabida Robo-kodlash olimpiadasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Olimpiadada ishtirokchilar o‘zlari yaratgan mashina va robotlar bilan qatnashdilar. Jarayon qiziqarli kechdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 1-o‘rin – Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, 9-11-sinflar o‘rtasida esa Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoalariga nasib etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun