Prezidentimizning tibbiyot sohasiga oid qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ayollarda ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash va davolash maqsadida Termiz tumanida tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Tumandagi Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasida 45 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan ayollarni ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash va davolash maqsadida mammografiya tibbiy ko‘rigi o‘tkazilmoqda.
Tumanlar miqyosida jami 4000 dan ortiq ayol tekshiruvdan o‘tgan bo‘lib, ularning 100 nafarida kasallik erta aniqlanib, hozirda viloyat onkologiya markazida tajribali shifokorlar tomonidan davolash ishlari olib borilayotir.
— Kasalligi og‘ir bemorlarni chuqurroq tekshiruvdan o‘tkazilib, davolanishlari uchun viloyatimizdagi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markaziga yoki Respublika onkologiya markaziga yotqizilib, davolanishlari uchun order qilib jo‘natamiz. U yerda bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, davolash ishlari amalga oshiriladi, – deydi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi mammografiya lobaranti O‘rol Mamasiddiqov.
— Yoshim 55 da. Shu yoshimgacha mammografiya tibbiy ko‘rigidan o‘tmaganman. Ilgari bunday kassaliklarni eshitmaganman. Shuning uchun ham e’tibor bermagandim. Hozirgi kunda ayollar orasida ko‘krak bezi saratoni ko‘payib borayotganini eshitib xavotirda yurardim. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishim uchun moddiy tomonlama imkoniyatim yetmasdi. Hozir bepul mammografiya tibbiy ko‘rigidan o‘tib, sog‘lom ekanligimni eshitib, o‘zimni yaxshi his qildim. Yurtimizda biz ayollarga katta e’tibor qaratilayotganidan xursandman. Buning uchun avvalombor yurtboshimizga, hamda tashkillashtirgan mutasadillarga o‘z minnatdorligimni bildiraman, –deydi Termiz tumani, “Bunyodkor” mahallasida istiqomat qiluvchi Sharofat Axmedova.
Dinara Qo‘zimurotova