Shoh ham, piyoda ham…

Date:

Hayot xuddi shaxmat o‘yiniga o‘xshaydi. Unda hammaning o‘z o‘rni bor. Kimdir boy, kimdir esa qashshoq, kimdir mansabdor, kimdir esa qora ishchi… o‘zimizga berilgan rolni esa mohirlik bilan o‘ynaymiz. Xuddi shaxmatdagi kabi.. oddiy piyoda amaldorni himoya qilib, o‘zi qurbon bo‘lishi bu nohaqlik chamamda. Hayot esa nohaqliklarga to‘la. Aslida, mansab va puldan-da qimmatliroq narsalar bor. Bu insonlarning bir-birlariga bo‘lgan mehr-oqibat tuyg‘usi.
Mashhur sarkarda Iskandar Zulqarnayn deyarli butun dunyoni o‘z qo‘liga oladi, davlati, boyligi behisob bo‘ladi. Unga o‘lim eshik qoqib kelganda mulozimlarini chaqirib, ularga o‘lganidan so‘ng ikki qo‘lini ochib tobutdan chiqarib qo‘yishlarini buyuradi. Buning asosiy sababi “Men deyarli butun dunyoni egalladim, ammo o‘zim bilan narigi dunyoga hech narsa olib ketmadim”, degan mazmunda edi.
O‘ylab ko‘ring, pul va mansab deb o‘z yaqinlaridan kechganlar qancha. Pul qanotmidiki, yurishingni o‘zgartirsang. Mansab bilan tobutni hech qachon egasi bo‘lmaydi “Bugun sen, ertaga men…” Hayotning shaxmatga o‘xshashligi ham shundan. Shaxmat tugagach shoh ham, piyoda ham bir qutiga solinadi. Insonlar ham xuddi shunday. Alloh bergan umr poyoniga yetdimi tamom, uning borar manzili ikki enli tuproq. Harchand boy bo‘lsang-da, ustingdagi qimmatbaho kiyimlaring kafan, minib yurgan so‘ngi rusumdagi jahon brendlaridan bo‘lgan mashinangu, qasrdek uying qop-qorong‘i qabr, bank hisobingdagi milliard so‘mlik pullaring esa bir siqim tuproqqa aylanadi xolos…

Abdurasul Roʻziqulov,
Sariosiyo tumani 5-sonli informatika va axborot texnologiyalari

chuqur oʻrgatishga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

MIB xodimi jahon chempionatida…

Inson qaysi sohada faoliyat yuritmasin, qiziqishlari uni tark etmaydi....

Murosasiz bahslarda…

Maydonga tushadigan har bir sportchi raqibini yengib, g‘olib bo‘lishni...

Ilk bor urib turgan yurak ko‘chirildi

Italiyaning Paduya shahrida dunyoda birinchi marta urib turgan yurak...

“IIB bog‘i” tashkil etildi

Atrofimiz yashillikka burkansa, buning insoniyatga, ekologiya va tabatga ta’sorini...
KunTun
KunTun