Tog‘li Xufarda sayyor qabul

Date:

Sariosiyo tumanida tuman hokimi har hafta fuqarolar bilan uchrashib ularning muammo va takliflariga quloq tutishni odatga aylantirgan. Qolaversa, mahallalarda bo‘lib, sayyor qabullar, yoshlar uchrashuvlari ham tashkil etib turadi. Tumandagi olis va chekka hududlar ham e’tibordan chetda qolmaydi. Bu safargi qabul manzili esa tumandagi “Xufar” mahallasida o‘tkazildi. Uchrashuvda mahallada elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, toza ichimlik suvi kabi bir qancha masalalar yuzasidan murojaat va takliflari yo‘llandi. Murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha muddat belgilanib, mas’ullarga vazifa yuklandi.
Shuningdek, tuman hokimi qabul bahonasida mahallada joylashgan 8-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, isitish tizimini, kuz-kish mavsumiga tayyorgarligi, qozonxonalarning ishlashi holati, bolalarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. O‘tkazilayotgan bu kabi qabullar hamda uchrashuvlar, qilinajak sa’y-harakatlar avvalo, inson qadrini ulug‘lash, shuningdek, chekka hududlarda istiqomat qilayotgan aholining og‘irini yengil, muammolarini hal etishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajakni asrang!

Har yili 22-mart — Butun jahon suv resurslari kuni...

Qochib bo‘lmaydi

Ba’zida farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ba’zi bir onalar nikoh...

EKOLOGIYA — BEPARVOLIKNI KECHIRMAYDI

Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi jamiyat taraqqiyoti, aholi...

Huquqiy davlatning muhim poydevori

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat va kuchli...
KunTun
KunTun