“Sohada shaffof tizim yaratilgan”

Date:

Surxondaryo viloyat prokuraturasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot xizmati tomonidan Prezidentimizning “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida hamda vohada jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan OAVlari xodimlari, jurnalist va blogerlar uchun press-tur hamda matbuot anjumani tashkil etildi.


Ishtirokchilar dastlab viloyat prokuraturasida jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Yosh bolali onalarga qulaylik yaratish maqsadida bolalar xonasi tashkil etilgan. Kiraverishda, fuqarolar uchun kutish zali mavjud. Shuningdek, ma’naviyat burchagi ham tashkil etilgan.
Press-tur davomida ishchtirokchilar viloyat prokuratura organlari tezkor xodimlari saf tayyorgarligi amaliyot maydonchasi, xizmat kiyimlari turlari va xodimlarning qasamyodi bilan ham tanishishdi. Shuningdek, sohaga oid muzey ham tashkil etilgan bo’lib, unda prokuratura organlari faoliyatiga doir muhim ma’lumotlar, jinoyatlarni ochishda turli davrlarda qo’llanilgan buyumlar, prokuratura tizimida faoliyat yuritgan xodimlarning ilk liboslari ko’rinishi hamda faxriy prokurorlar haqida ham batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo’ldik.


Shundan so‘ng, jurnalistlar uchun matbuot anjumani ham tashkil etilib, viloyat prokuraturasi organlari tomonidan 2023-yilning o‘tgan davrida jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorligini ta’minlash, koruppsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar xususida batafsil ma’lumot berildi.
Viloyat prokuraturasi mutasaddilarining bergan ma’lumotlariga qaraganda, joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida 2022-yilning mos davriga nisbatan firibgarlik, o‘g‘irlik bilan bog‘liq jinoyatlar soni oshgan. Firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlarning aksariyati fuqarolarning plastik kartasidan pul yechib olish, qolavresa, firibgarlik bilan bogliq aksariyat jinoyatlar ayrim mansabdor shaxslar lavozimini suiiste’mol qilib, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlaridan foydalangan holda, o‘zganing nomiga kredit mablag‘lari rasmiylashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar ekanligi achinarli, albatta.

Yoshlar o‘rtasida sodir etilgan jinoyatlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, joriy yilning o‘tgan davrida 1440 tani tashkil etmoqda. Shundan 15 tasi qasddan odam o‘ldirish, 13 ta holatda esa nomusga tegish bilan bog‘liq jinoyatlar ekanligi ham kishini ancha sergaklantiradi.
Mazkur jinoyatlarni ochishda, korrupsiyaning oldin olish borasida prokuratura tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan xodimlarning hissasi katta. Qolaversa, sohada faoliyat yuritayotgan xodimlar tomonidan hududlarda fuqarolarga turli yo‘sinda moddiy ko‘mak ham berib kelinayotir. Birgina misol, Qiziriq tumanida “Temir daftar”, “Ayollar daftari”da turadigan 70 nafar ayollarning farzandiga sunnat to‘yi ham aynan soha jonkuyarlari tashabbusi hamda ko‘magi bilan o‘tkazib berilgani ahamiyatlidir. Shuningdek, Boysun tumani “Avlod” mahallasida 65 million so‘m mablag‘ sarflanib ko‘prik ham qurib berilgan.


Press-tur hamda matbuot anjumani davomida bugungi kunda aholi murojaatlari bilan ishlash, ularning huquq va qonuniy manfatlarini himoya qilish borasida viloyat prokuraturasi tizimida foliyat yuritayotgan xodimlarning xizmatlari yuqori ekanligi, sohada shaffof tizim yaratilib, aholiga yanada qulaylik yaratilayotganining guvohi bo‘ldik.


Ta’kidlash joizki, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatiga ham to‘xtalib o‘tildi. Yakunda ishtirokchilarga yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi taqdim etildi.

Adolat MO‘MINOVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Topshiriqlar ijrosi o‘rganildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan...

Xitoyda qadimgi insonning yangi turi topildi

Inson evolyutsiyasi har doim qizg‘in bahslarga sabab bo‘lib kelgan....

Cho‘lponning yangi topilgan asari nashr etildi

Ma’rifatparvar bobolarimizning ijodiy merosi, ayniqsa, hali adabiy jamoatchilikka noma’lum...

Bayrog‘imiz jahon sahnasida

Chempionat va kurashlarda polvonlar yurtidan nomzodlar ishtirok etsa, sportchilarning...
KunTun
KunTun