“Ma’naviyat sektori” tashkil etilmoqda

Date:

Davlatimiz rahbarining joriy yil 16-17-noyabr kunlari viloyatimizga tashrifi ko‘plab sohalarda tub burilishlar qilishga, tizimlarda yangi qadamni tashlashga sabab bo‘ldi. Turizm sohasi yanada rivoj topadigan, milliy qadriyatlarimiz sayqallanadigan bo‘lishida, albatta, hududda tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini yaratishga xizmat qiladi. Respublikada birinchi bor “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish bo‘yicha “Surxondaryo tajribasi”ni yaratish vazifasi belgilab berilgani esa ana shunday qadamlardir birinchisidir.
Surxondaryo viloyati Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida mazkur vazifani amalga oshirish, “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etishda “Surxondaryo tajribasi”ni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama etildi.

Unda Surxondaryo viloyati hokimi – viloyat Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi raisi Ulug‘bek Qosimov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Hojimatov, kengash a’zolari, boshqarma, tashkilot va korxonalar rahbarlari, nuroniylar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish bilan bog‘liq masalalar hamda sektorning asosiy vazifalari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. “Ma’naviyat sektori” 4 ta sektorga qo‘shimcha sifatida alohida ijro hokimiyatining kollegial organi hamda viloyat, shahar va tumanlar kengashlarining ishchi tuzilmasi sifatida tashkil etilishi, barcha hududlarda faoliyati yo‘lga qo‘yilishi ta’kidlandi. Bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Para kanoechilarimiz Osiyoda tengsiz bo‘ldi

Qozog‘istonning Turkiston shahrida para kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilgan...

Yangi qo‘mondonlik tashkil etildi

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan yangi farmon mamlakat harbiy aviatsiyasi...

G‘alaba sari dadil qadam

Sohil kurashi bo‘yicha kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan...

Fedin taqdiri va ekologik meros masalasi jamoatchilik e’tiborida

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Oqtepa” suv ombori yaqinida barpo etilgan noyob...
KunTun
KunTun