Oziq-ovqat tarqatildi

Date:

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan hududlarda sektorlar rahbarlari tomonidan xalqni eshitish va muammolarni o‘rganish aholini talab va istaklarini ro‘yobga chiqarish maqsadida sayyor qabullar o‘tkazilib kelinayotgani natijasida yurtdoshlarimizning ko‘plab muammolari ijobiy hal etilib kelinayotir. Ana shunday islohatli ishlar Denov tumanining “Hazarbog‘” hududida ham amalga oshirildi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida bo‘lib, “Hazorbog‘” hududlaridagi qator mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish ishlari bo‘yicha topshiriq bergan edi. Shuningdek, viloyat hokimi tashabbusi bilan Denov tumanidagi “Yangi Hazorbog‘” mahallasida yashayotgan fuqarolar holidan xabar olinib, kam ta’minlangan va nogironligi bor fuqarolarga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi hamda sog‘ligida muammosi bor, biroq davolanishga, tibbiy ko‘rikdan o‘tishga-da, imkoniyati yetmayotgan kam ta’minlangan va nogironligi bor fuqarolarga tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan maxsus tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

“Hazorbog‘” hududlaridagi mahallalarda yashovchi fuqarolar ham mahalla-ko‘y tozaligiga o‘z hissasini qo‘shish uchun bel bog‘lagan. Ular mutasaddi rahbarlar tomonidan aholining yashash sharoitini yaxshilash uchun mahallani obodonlashtirish va ko‘kalamlashtirishga e’tibor qaratilganidan, minnatdor bo‘lishdi.

Ayni paytda berilgan topshiriqlar mutasaddi rahbarlar tomonidan bajarilmoqda.

Dinara Qo‘zimurotova

Oldingi sahifaIbrat
Keyingi sahifa“Sohada shaffof tizim yaratilgan”

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

3 kilometr — iroda va qat’iyat sinovi

Bugun Termiz shahrida yoshlarni sportga keng jalb etish va...

O‘zbekiston terma jamoasi shtabiga yangi mutaxassislar qo‘shildi

Bosh murabbiy Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi...

“Ijodkor bolalar” aniqlandi

Surxondaryo viloyati bolalar kutubxonasida “Kitobxonlik festivali” doirasida “Ijodkor bolalar”...

Harbiylar bilimi sinovdan o‘tdi

DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida kitobxonlik...
KunTun
KunTun