Ibrat

Date:

Qizim: Dada o‘qituvchim meni sinfdoshlarim ichida izza qildi. Bir kelib urishib keting.

— Xo‘p qizim, bir vaqt topib boraman, — Oradan vaqt o‘tib qizim o‘qiydigan maktabga bordim. Qizim borishimni bilar edi. Maktab eshigida meni kutib oldi.

— Qani qizim o‘sha o‘qituvching, ko‘rsat qani? — Qizim oldimga tushib shaxdam qadamlar bilan qanotlarini yozib g‘o‘ddaygancha meni maktabning ikkinchi qavatida joylashgan sinfxonasiga olib chiqdi va sinfning eshigini ochib “mana shu”

degandek imo qildi. Qizimga eshikni taqillatib ochmagani uchun bir xo‘mrayib qaradim. Ichkarida meni tanigan o‘qituvchi rangi dokadek oqardi.

— Sizni bir daqiqaga mumkinmi? — Shunday deb o‘qituvchini yo‘lakka chaqirdim. O‘qituvchi rangi-quti uchib sinfxonadan chiqdi.

  • Assalomu alaykum. Siz qizimni sinfdoshlari ichida izza qilibsiz?  O‘qituvchi bir ahvolda bahona izlab vaziyatni yumshatish uchun so‘z qidirdi. Men gapda davom etdim:

— Sen nega g‘iybatchi xotinlarga o‘xshab nuqul yoningga dugonalaringni yig‘ib g‘iybat qilasan deb uyaltiribsiz Nega… urmadingiz, nega shapaloq tortmadingiz? Men bunday vaziyatda urgan bo‘lar edim. Sizdan iltimos bu safar shunday qilsa, chunonam uringki, menga arz qilishga-da, majol topmasin. Sillasi quriguncha kaltaklang, — O‘qituvchidagi qo‘rquv va oqlik qizimga o‘tdi. Sekin qizimga qarasam, endi uning rangi dokadek oppoq bo‘lib qoldi. “Qizim, sen darsga kir” deb imladim. Qizim sinfxonaga kirdi. Eshikni yopib o‘qituvchi bilan biroz gaplashdim. Qizimning o‘qishlari, o‘zini tutishi haqida so‘radim va ortga qaytdim.

Shu vaziyatdan keyin qizim biror marotaba o‘qituvchilarini yomonlab menga shikoyat qilmadi. Eng qizig‘i shu vaziyatdan keyin qizimning o‘qishlari ijobiy tomonga o‘zgardi.

Qizimga qolsa, o‘qituvchiga o‘quvchiga qattiq gapirish pedagogik normalarga mos kelmasligini “yaxshilab” tushuntirib qo‘yishim kerak edi. Shunda qizimning sinfdoshlari orasida obro‘yi oshib, maktabda bilgan ishini qilar edi. Bu voqeani nega esladim? Mana bu suratdagi opa to‘ppa-to‘g‘ri qilyapti. Ba’zan bolalarni qattiqqo‘llik bilan tarbiyalash kerak. Dakki berib urish kerak. Zero, kelajakda xatolardan tarsaki yegandan ko‘ra o‘qituvchidan bolalikda kaltak yegan yaxshi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Savdo-iqtisodiy aloqalar yanada mustahkamlandi

"Termiz" xalqaro markazi bugun dunyo ishbilarmonlarini bir nuqtada jamlab,...

Toʻyga toʻyona boʻldi

Viloyatimiz boʻylab Navroʻz umumxalq bayrami shukuhi kezib yuribdi. Sariosiyoliklar...

Sariosiyoda Navroʻz shukuhi…

Bugun viloyatimizning Sariosiyo va Qiziriq tumanlari qatorida Qumqo‘rg‘onda ham...

“Behbudiyni yod etib”

O‘zbekiston tarixida g‘oyat murakkab va sinovli bo‘lgan bir davrda...
KunTun
KunTun