“Muruvvat” uyi kuz-qish mavsumiga tayyor

Date:

Ob-havoning sovib borishi barchamizni sergaklantirib, qishga munosib hozirlik ko‘rib qo‘yishni boshlaganmiz. Ko‘mir va o‘tinni g‘amlab, isitish tizimining sozligini tekshirib, xullas bari nazoratimiz ostida. Bu borada yurtimizda ham e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Hatto, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami ham e’tibor va g‘amxo‘rlikdan chetda qolgani yo‘q.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan nogironligi bo‘lgan bolalar va ayollar uchun muruvvat uylarida ham mavjud isitish tizimining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi o‘rganildi. Mas’ullar muruvvat uylaridagi isitish tizimlari, yangi o‘rnatilgan qozonxona, issiq va sovuq suv quvurlarini nazoratdan o‘tkazishdi. Bemorlar davolanayotgan xonalarning harorati ham ko‘zdan kechirildi.
Sariosiyo tumanida joylashgan Farhod ayollar “Muruvvat” uyida 300 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ayol yashab kelmoqda. Binodagi isitish tarmoqlari 2015-yilda o‘rnatilgan va bugunga kelib ma’nan eskirgan, xonalarni deyarli qizita olmay qolgan. Shu sababdan muruvvat uyidagi eski 2 ta qozonxonaning o‘rniga o‘rnatilgan bitta zamonaviy tejamkor qozonxona ko‘mirga mo‘ljallangan bo‘lib, barcha xonani birdek isitmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun