Maktablarga metodik yordam ko‘rsatilmoqda

Date:

Maktablar berayotgan ta’lim-tarbiya o‘quvchilarining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish-kirmasligiga qarab belgilanayotir. To‘g‘ri-da, bunday ko‘rsatkich maktabga, qolaversa, o‘qituvchilar jamoasiga munosib baho bera oladi. Bu esa o‘z navbatida o‘qituvchilar oldidagi mas’uliyatni kuchaytiradi. Davlatning ham, xalqning bu borada maqsadi bitta — yoshlar munosib ta’lim-tarbiya olib, oliygoh talabasi bo‘lishi lozim.

Shu maqsadda 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga kirishda past ko‘rsatkichlarni qayd etgan maktablarga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tajribali maktab rahbarlari va o‘rinbosarlari, shuningdek, malakali pedagoglardan tarkib topgan mobil metodik guruhlar tashkil etildi.

Ayni kunlarda mazkur guruhlar o‘tgan o‘quv yilida ko‘rsatkichlari past bo‘lgan maktablarda bo‘lib, metodik yordam ishlarini amalga oshirishmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim-tarbiya jarayonlari sifatini yuqori darajaga olib chiqish va bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirishida yaxshi natijalarga erishishni ta’minlashdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...

M-41 bo‘yida qulayliklar yaratiladi

Yo‘l infratuzilmasi nafaqat transport harakati, balki hududning obodligi va...
KunTun
KunTun