Maktab zamonaviy ko‘rinishga keltirildi

Date:

Qaysi yurtda ta’limga e’tibor qaratilar, yosh avlod taqdiriga befarq bo‘linmas ekan, albatta, o‘sha yurt har tomonlama qudratli bo‘ladi. Shu ma’noda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ham o‘z lavozimiga tayinlanganining ilk kunlaridanoq ta’lim tizimiga, maktablarda o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga e’tibor qaratib, Termiz shahridagi 16-umumta’lim maktabida bo‘lgan edi.

Aytish kerakki, maktab binosi 1992-yilda qurilgan bo‘lib, so‘nggi marta 2005-yilda ta’mirlangan edi. Shu sababdan ham isitish tizimi, qolaversa, sharoitlari ham ta’mirlanishni talab etayotgan edi. Viloyat rahbarining topshirig‘I bilan joriy yilda respublika budjetidan 3 milliord 978 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Natijada 1 ming 176 o‘rinli mazkur maktab to‘liq qayta ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinishga keltirildi. Qolaversa, maktabda o‘quvchilar uchun zarur barcha sharoitlar yaratildi.


Mazkur maktabning tantanali ochilish marosimi esa maktab jamoasi, o‘quvchi-yoshlar uchun o‘ziga xos bayramdek ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Unda viloyat hokimi U.Qosimov, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari, nuroniylar, o‘quvchi va o‘qituvchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.


Tadbirda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar e’tirof etilib, yangi ko‘rinishdagi maktab uzoq yillar xalqimiz farzandlariga samarali xizmat qilishi ta’kidlandi. Tantanali ochilish marosimidan so‘ng viloyat rahbari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan sinflar, musiqa xonasi, keng va yorug‘ sinfxonalar, minglab adabiyotlar jamlangan kutubxona, o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish xonalari zamon talablariga mos ravishda jihozlangan.


Yaxshi sharoit ish unumdorligini oshirishda muhim bo‘lganidek, zamonaviy sharoitlar ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilashda ham o‘z natijasini ko‘rsatishiga shubha yo‘q.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Adolat va shaffoflik timsoli

“Ibratli sudya” mukofoti sudyalarning faoliyatini rag‘batlantirish va ularning xolisona...

“Yashil iqtisodiyot” fondi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va “yashil...

Plastik chiqindiga doir yangi taklif

2025-yil 1-noyabrgacha plastik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar hamda import qiluvchilarga...

“Toza qo‘llar” dasturi amalga oshiriladi

Barcha sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalarida qo‘l yuvish joylari...
KunTun
KunTun