“Osh sayli”da…

Date:

Har bir hududning o‘z osh pishirish uslubi, siri bor. Buni ularning oshini ta’tib ko‘rib amin bo‘lish mumkin. Albatta, bu uslub va sir taomning ta’miga ta’sir qiladi-da. Taomlar sultoni sanalmish osh milliy taomlar orasida eng mazali va eng yaxshisidir. Shu sababdan ham mehmon kelsa ham, yaxshi kunimizu bayramlarda ham osh pishirishga tushib ketamiz. Xo‘sh, yoshlarimizchi, osh pishirishda tajribasi qanday?
Boysun tumanida “Mustaqillik” mahallasi yoshlar yetakchisi hamda 2-son kasb-hunar maktabi tomonidan maktab o‘quvchilari va ishsiz yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Osh sayli” tanlovi orqali ayni savolga javob toppish mumkin bo‘ldi. Tanlov doirasida yoshlar milliy taomimiz osh pishirish bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Shuningdek, tadbir bahona sportning “arqon tortish”, “yugurish”, “tugma qadash” va “tosh ko‘tarish” turlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqalar yanada qiziqarli bo‘ldi. Muhimi, yoshlar milliy o‘yinlarimizni yana bir bor eslash, uni unutilishiga yo‘l qo‘ymasliklari bilan birga vaqtlarini mazmunli o‘tkazdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun