“Vatan taraqqiyotiga mening hissam”

Date:

Vatan taraqqiyotiga qanday hissa qo‘shish mumkin? Bu savolga har bir yosh o‘z iqtidori, bilimi va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda javob beradi. Muzrabot tuman pedagogika kollejida tashkil etilgan “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” respublika tanlovining tuman bosqichida ham 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan bilimli, iqtidorli yoshlar uch yo‘nalishda ishtirok etib, sinovdan o‘tdilar.
Tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishida ishtirokchilar rassomlik mahoratlarini ishga solishgan bo‘lsa, adabiyot va publitsistika yo‘nalishida qalamlariga mansub she’r, hikoya, publitsistik maqolalari bilan ishtirok etishdi. Uchinchi — milliy maqom va estrada yo‘nalishi esa barchaga yuqori kayfiyat ulashdi. Ajoyib kuy-qo‘shiqlar va raqslar tomoshasi vaqt qanday o‘tganini sezdirmadi. Hakamlar hay’ati a’zolari ishtirokchilarni har bir yo‘nalish bo‘yicha munosib baholab, haqiqiy iqtidor egalarini tanlab, saralab oldilar.
Tanlovda faxrli o‘rinlarni egallagan yoshlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi va tanlovning navbatdaigi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Oldingi sahifaTarbiya
Keyingi sahifaNavbatdagi qabul…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi loyihalar yo‘lga qo‘yilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrifi davomida...

Muhim qulayliklar

Muzrabot tumanida yirik loyiha doirasida mahalla guzari, to‘y va...

Platforma faolikka chorlaydi

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekistonda joriy 1-maydan...

Bu chollar — yomon chollar

So‘nggi yillarda giyohvandlikka qarshi keskin kurashilayotgan bir paytda,...
KunTun
KunTun