Tarbiya

Date:

Uch qizim bor, uchalasini ham o‘qitdim. O‘zim oddiygina taksichiman. Oson
bo‘lmadi. Hozir hammasi oilali. Ikki-uchtadan bolasi bor.

Karantin paytida o‘rtancha qizimning eri birdaniga ishsiz bo‘lib qoldi. Qaynotasining ham ishi ortga ketdi.

Qizim o‘qituvchi bo‘lgani uchun oyligi to‘xtamadi. O‘sha qiyin kunlar tugab, kuyovim va qudam ishini yana yo‘lga qo‘yib olgach, chiroyli taom tayyorlab bir kuni kutilmaganda kirib kelishdi.

Rahmat aytishga kelishibdi:
“Baraka toping, quda. Bilsangiz kerak, kelinning puliga ko‘z tikkan joyimiz yo‘q edi. Ro‘zg‘orni hamisha to‘kis qilganmiz. Ammo, karantin kunlari kutilmaganda qiyin ahvolda qolib ketgan kunlarimiz shu qizimiz ro‘zg‘orga yaxshigina hissa qo‘shdi. Shunday qiz o‘stirganingiz, chiroyli tarbiyangiz uchun rahmat. Ilm berganingiz uchun alohida tashakkur.”

Qizim, bu gaplarni eshitib, qizlarimni o‘qitguncha chekkan zahmatlarimning bari unutilib ketdi. Kuyovim hech ham qizimning puliga aralashmagan. Qudalarim ham. Hozir ham hammasi avvalgidek. Ammo, qizimning yig‘ib qo‘ygani, olgan maoshi — barchasi noiloj paytda qo‘l kelibdi. Juda sevindim.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi loyihalar yo‘lga qo‘yilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrifi davomida...

Muhim qulayliklar

Muzrabot tumanida yirik loyiha doirasida mahalla guzari, to‘y va...

Platforma faolikka chorlaydi

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekistonda joriy 1-maydan...

Bu chollar — yomon chollar

So‘nggi yillarda giyohvandlikka qarshi keskin kurashilayotgan bir paytda,...
KunTun
KunTun