Xizmatingiz tahsinga loyiq

Date:

Sal shamollasak yoki og‘rib qolsak, shifokor ko‘rigiga chopamiz. Jiddiyroq dard tanimizni qiynaganda ham tibbiyot xodimlari jonimizga ora kiradi. Shirin so‘zlari, foydali muolajaalari bilan yana sog‘lom hayotga qaytaradi. Shu jihatda aholi salomatligini asrashda jonbozlik ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlarining xizmatini e’tirof etamiz. Ularning borligiga shukrona keltiramiz. Ayni ular sabab tan-jonimiz sog‘, tetikmiz.


Kamtarin, doimo xizmatga shay turadigan, xalq uchun bor bilim va tajribasini ayamay tibbiy yordam ko‘rsatib kelayotgan soha zahmatkashlari uchun– “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan Termiz shahridagi “Nigina” tantanalar saroyida bayram dasturxoni yozilib, sana ko‘tarinki ruhda nishonlandi.


Termiz shahar tibbiyot birlashmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda 6 ta oilaviy poliklinika, koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, shahar bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi, sil dispanseri va markaziy shifoxonalarning 400 nafar ishchi-xodimlari ishtirok etdi.
Tibbiyot sohasi rivojida o‘z hissasini qo‘shib, faollik va fidoyilik ko‘rsatib kelayotgan soha xodimlari munosib rag‘batlantirildi. Ajoyib bayram dasturi, dilrabo kuy-qo‘shiqlar barchani o‘yin-kulguga, raqsga chorladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun