Yana bir oltin medal…

Date:

Kurash o‘zbekniki, o‘zimizniki. Ota-bobolarimiz azaldan kurashib, olishib kelishgan. Shundanmi, abjirlik, chayirlik ularga xos, fe’l-atvorlarida ham mardlik, bir so‘zlik, jiddiylik kurash bilan singgandek. Bugun esa kurash dunyoga yoyildi. Dunyo xalqlari bugun kurash tushmoqda. Kurashlar uyushtirib, eng kuchli polvonlarni aniqlashga kirishgan. Rossiyaning Sochi shahrida ham kurash boʻyicha xalqaro turnir boʻlib oʻtdi.
Ushbu musobaqada ishtirok etgan Termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti talabasi Buxorbek Toʻxtayev raqiblariga haqiqiy polvon qanday bo‘lishini, kurashning vatanidan kelganini ko‘rsatib qo‘ydi va mutloq vazn toifasida faxrli 1-oʻrinni egalladi. Ha, haqiqiy polvon ana shunday bo‘ladi, bilagidagi kuchni, yuragidagi o‘tni ana shunday ko‘rsatadi, yashavor Buxor polvon!

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun