Kuzning har bir kuni g‘animat

Date:

Meva-chevalar, sabzavotlar pishib yetilgan ayni kuz mavsumida qish yaqinlashayotganidan nishona bo‘lib, qarg‘alarning qag‘illashi quloqqa chalinsa, sovuqlashib borayotgan ob-havo tanni junjiktiradi. Bunday paytda ham Angor tumani mirishkorlari kuzning har bir kunidan unumli foydalanishayotir. Ular to‘qsonbosti usulida ekinlarni parvarish qilishga alohida e’tibor berishgan.
Tumanning Yuqori Tallimaron hududida “Tallimaron bog‘i Surxon” fermer xo‘jaligi rahbari Isroil Mamatov ham xo‘jalik maydonlarida muntazam ravishda to‘qsonbosti ekinlarini parvarishlab, munosib daromad olib kelayotir. Ushbu kunlarda fermer xo‘jaligiga qarashli 9,1 gektardagi bog‘da qator oralaridan samarali foydalanib, to‘qsonbosti usulida ekinlarni parvarish qilmoqda.
Aytish kerakki, Angor tumanida joriy yilda 3 ming 734 gektar maydonga “to‘qsonbosti” usulida sabzavot ekinlari ekib yetishtirish belgilangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun