Hunar, hunardan unar…

Date:

Milliy hunarmandchiligimiz namunalariga boqsangiz, ularda naqshlar milliy, kolorit surxoncha. Ularga boqib turib, qandaydir iliqlik, harorat sezasiz. Ayni shu harorat kishini o‘ziga jalb etadi-da, hayotiga mazmun baxsh etadi. Qarabsizki, ular qo‘li gul hunarmand bo‘lib yetishadi. Xuddi shunday sho‘rchilik Ixlima Toshboyeva ham hunarmandchilikka bolaligidanoq qiziqqan. Jajji qo‘llariga igna va ip olardi-da, kamalakmisol tovlanuvchi iplar jilosiga mahliyo bo‘lib, oq matoga naqshlar tushirardi. Yo‘qlikdan borliq yaralgani kabi, oppoq matoda humo qushi, tovuslarning tasviri ko‘rinish berardi.
Naqshlari-yu tasvirlari o‘xshab chiqqanda yosh hunarmand qizaloqning quvonchi-yu hayajonini bir tasavvur qilinga. Qiziqishdan boshlangan kashtachilik Ixlimaning hayotda muhim qaror qabul qilishiga turtki bo‘ldi. U shu hunarni astoydil o‘rganishga bel bog‘ladi va buning uddasidan chiqdi ham.
Alohida e’tibor, qunt va mahorat talab qilguvchi hunaridan zavq olgan Ixlima Toshboyeva hozirda qo‘li gul hunarmand sifatida tumanda anchayin taniqli. U tikkan qo‘ng‘irot salla, tillaqosh, guldo‘zi do‘ppi, bo‘yin tupak, kashtali yostiq, sharaqay gilam, jamalaklar hech kimni befarq qoldirmaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

50 nafar ish o‘rni yaratildi

Angor tumanida bugun quvonchli voqea — “Oqsaroy” tantanalar saroyining...

Yagona jildda jam

YUNESCOning Samarqanddagi 43-sessiyasi doirasida “Turkiy xalqlar folklori ko‘p jildligi”...

“103” xizmatida “Onlayn-shifokor”

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab tez tibbiy yordam tizimi yangi bosqichga...

Raqiblarin ortda qoldirib…

Surxondaryoning faxri, Termiz tumani vakili Mirzabek Elmurodov sportning shaxmat...
KunTun
KunTun