Tibbiyot xodimlari kuni nishonlandi

Date:

Tibbiyot sohasiga qaratilayotgan e’tibor, amalga oshirilayotgan islohotlar negizida xalq manfaati, sihat-salomatligini asrash yotadi. Albatta, shu o‘rinda soha xodimlarining mehnati, xizmati ham e’tirof etilib kelinmoqda. Ana shunday ishlarning davomi sifatida Sherobod tumanida Tibbiyot xodimlari kuni keng nishonlandi.
Tantanali tarzda bo‘lib o‘tgan tadbirda tuman hokimi U.Alimov salomatlik posbonlarini samimiy qutlab, mamlakatimizda aholi sog‘ligini saqlash, shifo maskanlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xalqimizga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini tubdan yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar o‘z samarasini berayotganini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, aholi salomatligini ishonchli himoya qilish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan, o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib, hamkasblariga o‘rnak bo‘layotgan soha fidoyilari Sherobod tuman hokimligi hamda tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan faxriy yorliq, “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishonlari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Bayram dasturxoni va ajoyib kuy-qo‘shiqlar bilan davom etgan tadbir soha qahramonlarida ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

50 nafar ish o‘rni yaratildi

Angor tumanida bugun quvonchli voqea — “Oqsaroy” tantanalar saroyining...

Yagona jildda jam

YUNESCOning Samarqanddagi 43-sessiyasi doirasida “Turkiy xalqlar folklori ko‘p jildligi”...

“103” xizmatida “Onlayn-shifokor”

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab tez tibbiy yordam tizimi yangi bosqichga...

Raqiblarin ortda qoldirib…

Surxondaryoning faxri, Termiz tumani vakili Mirzabek Elmurodov sportning shaxmat...
KunTun
KunTun