Malakasi oshirilmoqda

Date:

Farzandlarimizni maktabgacha ta’lim-tarbiyasi, vaqtini mazmunli o‘tishi uchun bog‘chaga berar ekanmiz, albatta, tarbiyachi-pedagogning tajribasiga, bilim va mahoratiga e’tibor beramiz. Shunday ekan, tarbiyachilarning mas’uliyati bir necha barobar ortib, bola bilan ishlashda e’tiborli bo‘lishi talab etiladi.
Ayni maqsadlarni ko‘zlagan holda Termiz shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi va Mehribonlik Korpusining (Mercy Corps) O‘zbekistondagi filiali hamkorligida “Maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, gigiyena va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish” mavzusidagi trening seminarlarning 2-bosqichiga start berildi.
Seminarning birinchi kunida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i R.Kattayeva qatnashib, olib borilayotgan islohotlar borasida so‘z yuritdi. 5 kunlik trening tadbirlarida Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi va Oltinsoy tumanlaridagi 19 ta davlat MTTlaridan 57 nafar pedagog xodimlar ishtirok etishi maqsad qilingan. Mashg‘ulotlar “Ilk qadam” dasturi va sohaga tegishli boshqa milliy standartlar asosida o‘tkazilayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun