Sinovdan o‘tkazildi

Date:

Kunlar sovib, ha-demay qish ham eshik qoqayotganini eslatib turibdi. Bu ham bir ogohlantirish misol, har birimiz harakatga tushganimiz, uyimizni, o‘zimizni qishga tayyorlayotganimiz aniq. Shu jumladan, maktablarda, tashkilot va idoralarda, shifo maskanlarida ham kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilayotganidan xabardormiz. Xo‘sh, joylarda tayyorgarlik ishlari qanday kechmoqda? Shu maqsadda Muzrabot tumani hokimi Abdurashid Ismailov, tuman prokurori Islombek Xo‘jamurodovlar rahbarligida tumanning “Bog‘i eram” mahallasidagi 38-umumta’lim maktabida Davlat xususiy sherikchiligi asosida yangidan qurilgan qozonxonaning isitish tizimi sinovdan o‘tkazildi.
Aytish kerakki, ta’lim muassasalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash va qish faslining sovuq kunlarida o‘quvchilar hamda o‘qituvchilar uchun ta’lim dargohlarini yetarlicha issiqlik bilan ta’minlab berish, qozonxonalarni sifatli qilib qurish kerakligi to‘g‘risida tegishli topshiriqlar berildi.
Shu jumladan, Surxondaryo viloyat prokurori S.Turdiyev boshchiligida bir guruh mas’ullar ham Denov tumanining ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini o‘rganishdi. Xususan, tuman tibbiyot birlashmasining mavsumni betalofat o‘tkazish uchun birlashmaga olib kelingan 100 kVt.lik quyosh panellarini o‘rnatish ishlari ham e’tibordan chetda qolmadi. Bundan tashqari, tumanning “Tasmasoy” mahallasida elektr toki kam quvvatda yetib boradigan aholi punktiga 110 TP transformator o‘rnatib berilishi ta’minlandi. Shuningdek, 9- va 53-umumiy o‘rta ta’lim maktablariga borilib, ularning isitish tizimi kuz-qish mavsumga tayyorgarligi o‘rganilib, mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Oldingi sahifaMehnatdan kelsa boylik…
Keyingi sahifa“Hayot ulash”

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun