“Hayot ulash”

Date:

Insonga har qanday suv emas, balki iste’mol qilish uchun yaroqli toza suv kerak. Suv tanqisligi allaqachon umumbashariy ekologik muammolardan biriga aylangan. Afsuski, bu muammo O‘zbekistonda ham yaqqol sezilmoqda.

So‘nggi 6 yil davomida ichimlik suvi sohasiga davlat bнudjetidan 14 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi. Bu oldingi yillarga nisbatan 6 baravar ko‘p. Bu davrda ilk bor 1000 ta mahalladagi 6,5 million aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Shunday bo‘lsa-da, bu yo‘nalishda ko‘p masalalar o‘z yechimini kutmoqda. Yurtimizda hanuzgacha ichimlik suvi sutkasiga 4-6 soat beriladigan, markazlashgan ta’minot yo‘lga qo‘yilmagan, yoshlardan tortib nuroniylarigacha yoki bog‘cha, maktab va tibbiyot muassasalari suvni bir necha kilometr masofadan tashib kelishga majbur bo‘layotgan hududlar bor. Ayrim viloyatlarimizda ichimlik suvi ta’minoti 60 foizdan kam.  Ular uchun toza suv manbasini topish zarur!

 Bunga qadar Harakat tomonidan ma’sul davlat idoralari ishtirokida respublikamizning 14 ta hududidagi eng chekka mahallalarda ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq vaziyat o‘rganildi. Quduq qazish, filtr o‘rnatish ishlari bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi va suv chiqarish mumkin bo‘lgan birlamchi ro‘yxat shakllantirildi. Shu maqsadda “Yuksalish” umummilliy harakati “Hayot ulash” xayriya aksiyasini e’lon qildi.

Jumladan, 2023-yil 13-oktyabr kuni Xorazm viloyatida aksiyaning amaliy faoliyatiga start berilgan bo`lsa,  “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan Termiz shahridagi “Nurli kelajak” mahallasida davom etdi. Homiylar tomonidan jalb qilingan mablag`lar orqali 5000 mingdan ziyod  mahalla aholisiga toza ichimlik suvi yetkazib berilishi rejalashtirilgan.  Aytish kerakki, aksiyaning keyingi bosqichlarida boshqa hududlarni ham qamrab olish rejalashtirilgan.

Islom MENGLIYEV

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Erta aralashuv” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Denov tumanida 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan imkoniyati cheklangan...

Ikki oilaga yangi xonadon, mahallaga yangi maskan

Mustaqillik bayrami arafasida Denov tumanining Chuqurqishloq mahallasida aholi uchun...

“Obodon”ning qiyofasi oʻzgardi

Bir paytlar infratuzilmasi og‘ir toifadagi mahallalar qatorida bo‘lgan hududlarda...

“Oftobmakon”da katta yangilanish

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Oftobmakon” mahallasida yillar...
KunTun
KunTun