Mehnatdan kelsa boylik…

Date:

Ayol haqida gap ketganda, uning matonatiga tahsin o‘qimaslik mumkin emas. Ayol ish, ro‘zg‘or tashvishlari-yu, farzand tarbiyasini-da bir maromda olib borishi bilan kishini hayratda qoldiradi. Atrofdagilarning hurmat-e’tibori-yu hayratiga sazovor bo‘lib kelayotgan ayollardan biri sho‘rchilik Muqaddas Nurmatovadir. U tomorqasining 15 sotix maydoniga qulupnayning “Viktoriya” navini ekib parvarishlamoqda.
Albatta, qulupnay ekilgach, o‘zi unib chiqadi, mehnati kam deydiganlar adashadi. Ushbu meva ham qarovni sevadi, qulupnaylar yirik-yirik bo‘lib tugishi, tanasiga rang kirgunga qadar anchayin mehnat qilish, ter to‘kish joiz. Buni Muqaddas opachalik biladigan bo‘lmasa kerak.
— Turmush o‘rtog‘im bilan maslahatlashib, tashkil qilgan issiqxonamizga 12 ming dona qulupnay ko‘chatlarini o‘tkazdik, — deydi M.Nurmatova. – Oktyabr oyida ekilgan ko‘chatlarimizning hosilini yanvar oyida yig‘ishtirib olamiz.
Yaxshi niyat bilan harakatdan to‘xtamayotgan bu oila shubhasizki, mehnatlarining mevasini yig‘ishtirib olib, mo‘may daromad olishadi.

Oldingi sahifaNuroniylar ibrati
Keyingi sahifaSinovdan o‘tkazildi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun