Nuroniylar ibrati

Date:

Yoshi ulug‘larimizning har so‘zi ibrat, qilayotgan ishi, amali ham yoshlar uchun o‘ziga xos motivatsiya bo‘lishi aniq. Sho‘rchilik bir guruh mehnat faxriylari, nuroniylar o‘z tashabbuslari bilan ibrat bo‘lishayotir. O‘z navbatida bunday xatti-harakatlarni kuzatayotgan yoshlar ham ayni shu ruhda ulg‘ayadi, jamiyatda o‘z o‘rnini topadi va komil inson bo‘lib tarbiyalanadi.
So‘zida hikmat bor nuroniylar tomonidan o‘tkazilgan tarbiyaviy soat ham o‘quvchilar uchun qiziq va muhim ahamiyat kasb etdi. Hayotiy tajribalari, hayot haqiqatlari aks etgan o‘gitlarni o‘g‘il-qizlar quloqlariga ilib, hayotlari uchun chin qoida qilib olishsa, ajab emas.
Tarbiyaviy soat “Yashil makon” umummilliy loyihasiga ulandi. Yoshlar mehnat faxriylari bo‘lmish ustozlar bilan birga yaxshi niyat bilan ko‘chat ekishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun