Imloviy xatolarsiz yozamiz

Date:

21-oktyabrni O‘zbek tili bayrami kuni sifatida nishonlaymiz. Tilimizni ulug‘lovchi tadbirlar, kechalar, uchrashuvlar o‘tkazamiz, faol ishtirok etamiz. Bu bilan tilimizni nechog‘lik bilishimizni bilib bo‘lmaydi, albatta. Til – davlat timsoli, millatning madaniy va maʼnaviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixi ekan, demak tilimizni to‘la-to‘kish bilish ham qarz, ham farzdir. Ayni maqsadda Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasida sana munosabati bilan “O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida e’lon qilingan “O‘zbek tili haftaligi” doirasida “Imloviy xatolarsiz yozish” tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov boshqarma xodimlarining davlat tilida ish yuritishi, xat va hujjatlarni imloviy va uslubiy xatolarsiz yozish mezonlari bo‘yicha olib borildi. Haftalik davomida imloviy va uslubiy xatolarsiz yozgan xodimlar “O‘zbek tilini rivojlantirish” jamg‘armasi tomonidan nashr etilgan kitoblar bilan taqdirlandilar.

Oldingi sahifaHashar – elga yarashar
Keyingi sahifaNuroniylar ibrati

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun