Hashar – elga yarashar

Date:

Hashar boshlandimi, xalqimizning yosh-u keksasi birdamlikda harakatga tushadi. Birlik, ahillikni namoyon etguvchi hasharda gap ko‘p, hislat ko‘p. Ayni damda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida katta ishlar boshlangan emasmi, shu munosabat bilan boshlangan hasharda ham 1000 nafardan ortiq angorlik jam bo‘ldi.
Hashar M-39 “Almata-Beshkek-Toshkent- Termiz” hamda 4 P 102 “Jarqo‘rg‘on-Muzrabot-Boldir-Kelis” avtomobil yo‘li yoqasida boshlanib, jami 22 kilometr masofada obodonlashtirish ishlari olib borildi. Hasharga 13 ta texnika vositalari jalb qilindi.
Ko‘p bilan hech bir yumush bitmay qolmas ekan, bir zumda ko‘chalar obod, fayzli ko‘rinish kasb etdi. Hasharchilar uchun tadbirdan so‘ng dasturxon yozilib, milliy taomimiz — osh tortildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun