Yana bir qulaylik

Date:

Endilikda bog‘chaga shakllangan yo‘llanmani olishga Davlat xizmatlari markaziga borish shart emas. Adliya vazirligi, Maktabgacha taʼlim agentligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi birgalikda fuqarolarga qulaylik yaratdi. Bolaning bog‘chaga navbati kelganligi haqidagi yo‘llanma shakllanishi bilan Sizga SMS xabar orqali ariza raqami va maxfiy kod yuboriladi. Ushbu maxfiy kod bilan siz to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘chaga borishingiz va mudiraga aytishingiz kifoya.
Asosiysi, sizga shakllangan yo‘llanmani tasdiqlovchi maxfiy kodi MTM mudirasiga aytilmaguncha, u yo‘llanmani ko‘ra olmaydi va bu bilan korrupsiya holatlari oldi olinadi. Yana bir ahamiyatli jihati, birgina 2022-yilning o‘zida bog‘chaga joylashtirish uchun 1 405 424 ta, 2023-yilning 9 oyi mobaynida esa 1 022 065 ta yo‘llanma shakllangan. Bu degani, ushbu qulaylik orqali fuqarolarning nafaqat vaqti, balki har yili 1,2 milliondan ortiq (6 tonna) qog‘oz tejalishiga erishiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun