Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!

Date:

Ona tili – bu millatning ruhidir. Jonajon tilimiz shoir Mirtemir aytganidek, yoshligimizdanoq jo n-u qulog‘imizga singib ketgan. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining Surxondaryo viloyati bo‘linmasi, Termiz davlat universiteti o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirokida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi.


Tadbirda so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llash va o‘zbek tilning ahamiyati haqida so‘z yuritilib, ona tilimizga oid yangi nashrdagi qo‘llanma kitoblar tanishtirilib o‘tildi.
—Onalarimiz aytgan allalari-yu, bobo-momolarimizdan eshitgan ertak, hikoya va rivoyatlar orqali yuragimiz tub-tubigacha kirib borgan, o‘z navbatida ona tilimizga, ona vatanimizga muhabbat uyg‘otgan”, — deydi, partiya viloyat Kengashi raisi Saydulla Abduraimov.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tomorqa — oilaviy daromad manbayi

Angor tumanining Zartepa mahallasida yashovchi Murod To‘rayevlar oilasi tomorqadan...

U-Reportning yangi mavsumiga start berildi

Surxondaryo viloyatida U-Report loyihasining 3-mavsumi ochilib, volontyorlar uchun ilk...

Raqamli koʻnikmalar va ijodiy mahorat

«Zamonaviy kasblar» tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildiSurxondaryo viloyatida yoshlarning raqamli...

«Kutubxonam» loyihasi Sariosiyoda

Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va mahallalarda mutolaa muhitini...
KunTun
KunTun