“Yashil makon” umummilliy loyihasiga start berildi

Date:

Tabiatni asrash, atrofimizni yashil olamga aylantirish maqsadida yosh-u keksa qo‘lni-qo‘lga berib harakatni boshlagan. Bu yo‘lda “Yashil makon” umummilliy loyihasi qo‘l kelmoqda. Termiz davlat universitetida ham professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hashar tashkil etildi.
Universitetda 250 ta manzarali va 50 ta mevali daraxtlar ekilib, hudud atrofi obodonlashtirildi. Unda universitet rahbariyati xodimlari, professor-o‘qituvchilar, tyutor va talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi. Yaxshi niyat bilan yerga qadalgan ko‘chatlar qisqa muddatda gurkirab yashnab, soyasi va mevasi bilan ko‘pchilikka xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun