… bandligi ta’minlandi

Date:

Tikish-bichishni bilmaydigan xotin-qizlar bo‘lmasa kerak. Shu jihatdan olib qaraganda ishsizman deganni ham chevarlikka yo‘naltirish, ish bilan band qilish mumkin. Termiz shahar prokurori, X.Mamatqulovning tashabbusi bilan “Tinchlik” mahallasida yashovchi “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 30 nafar ishsiz xotin-qizning bandligini taʼminlash maqsadida “Dehqon texnik” xususiy korxonasi rahbari, tadbirkor B.Fayzullayev hamda Termiz shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi bilan hamkorlikda “Kasanachilik” faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Ishlayman degan xotin-qizlarga zamonaviy tikuv mashinkalari va boshqa zaruriy asbob-uskunalar yetkazib berildi. Qarabsizki, muammo hal. Endi ular tikish-bichish qilib, har bir kunini mazmunli o‘tkazish bilan birga doimiy daromad manbaiga ham ega bo‘lishadi. Bundan xotin-qizlarning quvonchi cheksiz, yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanib, ish boshlashayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun