FAN OLIMPIADASIGA START BЕRILDI

Date:

Har bir fandan o‘zlashtirilgan bilimlar tanlov-u fan olimpiadasida sinovdan o‘tadi, munosib baholanadi. Shu ma’noda bugundan respublikamizdagi barcha umumta’lim maktablarining 9-11-sinf  o‘quvchilari o‘rtasida asosiy fan olimpiadasining II bosqichiga start berilgani esa g‘alvir suvdan ko‘tarilgandek gap. Surxondaryo viloyatidagi shahar va tumanlarda ham olimpiadalar yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

Olimpiada jarayonlari  barcha hududlarda bir vaqtning o‘zida (soat 11:00 da)  boshlandi. 17-21-oktyabr kunlari o‘tkaziladigan ushbu fan olimpiadasida o‘quvchi-yoshlar 13 ta umumta’lim fanlari bo‘yicha bellashadi. Olimpiadaning tuman, shahar bosqichida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi  maktablardan jami 18 ming nafarga yaqin o‘quvchilar qatnashishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun