Yashil belbog‘ aksiyasi o‘tkazilmoqda

Date:

Har bir hududning o‘ziga xos iqlimi bor. Bu jihatlarni, albatta, ekin ekayotib hisobga olgan ma’qul. Aks holda vaqt, mehnat behuda ketishi aniq. Yerga urug‘ yoki ko‘chat ekish, vohamizni yashil hududga aylantirish maqsadida Termiz tumani hududidan o‘tuvchi M39 xalqaro avtomagistral yo‘li bo‘ylab yashil belbog‘ aksiyasi o‘tkazildi. Aktsiya doirasida joriy yil 25-oktyabrdan 1-dekabrga qadar o‘tkaziladigan kuzgi daraxt ekish mavsumiga hozirlik ko‘rish, voha iqlimiga mos va xos manzarali hamda mevali daraxt ko‘chatlarini tanlash bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, viloyat, shahar va tumanlar sektor rahbarlari, boshqarma, tashkilot va idora, ularning tuman bo‘limi mas’ullari, yoshlar, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Seminarda sohaning ilg‘or olim va mutaxassislari tomonidan surxon vohasining iqlimiga mos ko‘chatlarni tanlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi. Shuningdek, shahar va tumanlar hokimlari tomonidan umummilliy loyiha doirasida o‘tkaziladigan kuzgi daraxt ekish mavsumida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar taqdimoti o‘tkazildi.
Ayni paytda hudud bo‘ylab obodonlashtirish, daraxt ekiladigan joylar uchun handaqlar qazish, sug‘orish tizimlarini o‘rnatish ishlari olib borilayotir. Mavsum boshlanishi bilan belgilangan hudularga tanlab olingan daraxt ko‘chatlari ekiladi. Viloyat, shahar va tumanlarda 16 ta “hokimlik bog‘i”, “Yashil jamoat parklari”, davlat tashkilotlari, korxona va muassasalarda tashkilot bog‘lari, “yashil belbog‘”lar tashkil etiladi.
Viloyatning barcha hududlarida kuzgi daraxt ekish mavsumiga hozirlik ishlari davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun