Osiyo o‘yinlari g‘oliblari tantanali kutib olindi

Date:

Sportchilarimiz erishayotgan g‘alabalar ularning yuzini yorug‘ qilgan bo‘lsa, xalqning esa g‘urur-iftixoriga aylanishdi. Termiz shahrida Xitoy davlatida o‘tkazilgan “Xanchjou-2022” Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan surxondaryolik sportchilar tantanali kutib olindi va munosib taqdirlandi.
Ha, chempionlarni qarshi olish uchun yoshlar ham jam bo‘ldilar. Ularning qalbiga ham ayni ulardek bo‘lish ishtiyoqi, sportchilarga havas uyg‘ongan bo‘lsa, ajab emas. Sportchilarni taqdirlash marosimiga bokschimiz Bahodir Jalolov, kurashchilarimiz Muhsin Hisomiddinov va Muzaffarbek To‘raboyevlar tantanali kutib olindi. Shundan so‘ng, ularga Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov zarbop to‘n kiydirib, tadbirkorlar sovg‘a qilgan xonadonlar kalitlarini tantanali topshirdi.


Shubhasizki, sportchilarimiz bilan bir qatorda ularning ota-onalari va yaqinlarining-da quvonchi, hayajoni cheksiz. Ularning bu muvaffaqiyati sport olamidagi keyingi muvaffaqiyatli qadamlarini tashlashlari uchun zamin hozirladi. Bu muvaffaqiyat ularga g‘alaba nashidasini surish bilan birga katta mas’uliyat ham yukladi. Ular tinimsiz harakat qilishlari, o‘z ustilarida ishlashlari lozim. So‘zga chiqqan sportchilar viloyat hokimi va voha ahliga o‘z minnatdorchiligini bildirar ekan, ayni shu haqida to‘xtaldi.
Tartanali taqdirlash marosimidan so‘ng yoshlar chempionlar bilan suratga tushdilar, o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berib, kerakli maslahat va tavsiyalarini oldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun