“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi binosi foydalanishga topshirildi

Date:

So‘ngi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ko‘lami va turlarini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotir. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi ham insonga e’tiborning navbatdagi ko‘rinishidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy himoyani mahalla darajasida tashkil etish, ijtimoiy xizmat va yordamlarni kompleks yondashuv asosida ko‘rsatish, aholi og’ir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish, shuningdek, ijtimoiy himoyaning manzilliligi va samaradorligini oshirish hamda aholining ko‘makka muhtoj qatlami ijtimoiylashuvini ta’minlash maqsadida: 2023-yil 15-oktyabrdan boshlab “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va ijtimoiy xodimlar guruhlari ko‘rsatadigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlarning yangi tizimi yo‘lga qo‘yish” Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Uzun tumanida respublikada birinchi bo‘lib, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi binosi foydalanishga topshirilib, faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov, Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari I.Safarov, Uzun tuman hokimi X.Bozorov, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari hamda nuroniylar ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olganlar yangi markazning foydalanishga topshirilishi bilan barchani qutlab, kelajakda markaz faoliyati Uzun tumani aholisi uchun foydali bo‘lishini ta’kidladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

50 nafar ish o‘rni yaratildi

Angor tumanida bugun quvonchli voqea — “Oqsaroy” tantanalar saroyining...

Yagona jildda jam

YUNESCOning Samarqanddagi 43-sessiyasi doirasida “Turkiy xalqlar folklori ko‘p jildligi”...

“103” xizmatida “Onlayn-shifokor”

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab tez tibbiy yordam tizimi yangi bosqichga...

Raqiblarin ortda qoldirib…

Surxondaryoning faxri, Termiz tumani vakili Mirzabek Elmurodov sportning shaxmat...
KunTun
KunTun