Hech bir yosh e’tibordan chetda emas

Date:

Bola bejizga niholga mengzalmaydi. Uning tarbiyasi ham qarov kabidir. E’tiborsizlik, o‘z holiga tashlab qo‘yish har ikki holatda ham halokatga, yo‘qotishga olib keladi. Farzandlarimizning hayotiga, taqdiriga e’tiborsizlikni esa kechirib bo‘lmaydi. Xolbuki, Termiz shahridagi umumtaʼlim maktablarining jinoyat sodir etgan, profilaktik hisobda turgan va huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi yuqori boʻlgan 150 nafar voyaga yetmagan oʻquvchining ro‘yxati mavjud. Hechdan ko‘ra kech deganlaridek, ana shu yoshlar uchun alohida dastur asosida joylarda tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.


Ushbu tadbirda sektor rahbarlari, tegishli tashkilotlar rahbarlari va masʼullari, harbiylar, umumtaʼlim maktablarining maʼnaviyat boʻyicha oʻrinbosarlari va psixologlari hamda keng jamoatchilik faollari bilan birgalikda OAV vakillari ham ishtirok etishdi. Uchrashuv voyaga yetmagan o‘quvchilarni ilm olishga va kasb-hunar o‘rganishga qiziqtirish maqsadida tashkil etilgan emasmi, shu sababdan ham dastur ishi birinchi galda Termiz shahridagi “Yoshlar markazi” binosidagi to‘garaklar faoliyat jarayonlarini tanishtirish bilan boshlandi.
Yoshlarda g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, faol fuqarolik pozitsiyasini, fidoyilik va vatanparvarlik tuyg‘usini kamol toptirish maqsadida harbiy qism hamda “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi faoliyati bilan tanishuv uyushtirildi. Shuningdek, “Qoʻgʻirchoq” teatrida o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun mehnat yarmarkasi tashkil etilgan bo‘lsa, yoshlarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgani ham g‘amxo‘rlikning amaldagi ifodasi bo‘ldi.


Jarayon “Sektor rahbarlari va voyaga yetmaganlar” uchrashuvi bilan davom etdi. Termiz shahar hokimi O‘.To‘rayev, shahar prokurori X.Mamatqulov, Termiz muxandislik-texnologiya instituti prorektori M.Majidov, shahar bosh imomi R.Abdullayevlar yoshlar bilan muloqot olib bordi. Uchrashuvda “Tengdoshga-tengdosh” maylida muvaffaqiyatga erishgan yoshlarning so‘zga chiqqani 150 nafar qora ko‘zga munosib motivatsiya bergan bo‘lsa ajab emas.
Tadbirlarlar yakunida musiqiy dastur va spektakl namoyishi qo‘yilib, yoshlarga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Eron tajribasi oʻrganildi

Termiz davlat universitetida eronlik mutaxassislar ishtirokida an’anaviy to‘qimachilik, tabiiy...

TERMIZDA QADIMGI TURON TARIXI VA MIFOLOGIYASI MUHOKAMA QILINMOQDA

Termiz davlat universitetida qadimgi Turon xalqlarining diniy qarashlari, mifologiyasi...

MAHALLALARDA «3–30–300» YASHILLASHTIRISH STANDARTI JORIY ETILADI

O‘zbekistonda 2026-yil 1-oktyabrdan tozalik va ozodalik bo‘yicha ikki oylik...

NURONIYLAR SAYOHATGA YO‘L OLDI

Termiz tumanidan bir guruh nuroniy otaxon va onaxonlar yurtimizning...
KunTun
KunTun