“Tez yordam”ga 25 ta “Volkswagen”

Date:

Bugungi kunda aholi salomatligiga e’tibor kuchaygan. Buni joylarda birinchi yordam ko‘rsatib kelayotgan tibbiyot xodimlarining tezkorligi-yu, xizmat ko‘rsatishidan ham bilsa bo‘ladi. Sababi, davlatimiz rahbarining ko‘rsatma va topshiriqlariga asosan aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish va sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyatida Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan ajratilgan 25 dona “Volkswagen Caddy 5” rusumli tez tibbiy yordam mashinalari shahar va tumanlar tez tibbiy yordam bo‘limlariga topshirildi.
Termiz shahrida tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, maxsus jihozlangan tez tibbiy yordam mashinalari kalitlarini hududiy bo‘limlar mutasaddilariga tantanali topshirdi. Shuningdek, tez tibbiy yordam bo‘limlari uchun viloyat hokimligi tomonidan kompyuter jamlanmalari hamda konditsionerlar ham topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Voice up” start oldi

“Voice up” (Fikringni ber) yoshlar oromgohi Surxondaryoda start oldi....

Ekinlar malikasi

Qadimgi Xitoy qo‘lyozmalarida oshqovoq — ekinlar malikasi deb ta’riflangan....

Hamkorlik yangi bosqichda

Bugungi globallashuv sharoitida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni...

Tajriba va tarbiya maktabi

Termiz shahridagi 8-sonli umumta’lim maktabida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi...
KunTun
KunTun