Hangjou-2022: Surxon vohasi o‘g‘loni Osiyo o‘yinlari chempioni!

Date:

Ayni kunlarda Osiyo o‘yinlari start olgan bo‘lib, musobaqa qizg‘in tus olgan. Yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilarimiz 4 ta oltin medalni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, navbatdagi chiqishlardan ham umid uzilgan emas. Bayroqdorimiz Muzaffarbek To‘raboyev dzyudo bo‘yicha – 100 kilogramm vazn toifasidagi finalda mo‘g‘ulistonlik Gonchigsuren Batxuyag bilan maydonga tushdi.
Murosasiz kechgan kurashda Muzaffarbekning qo‘li baland keldi va raqibini mag‘lubiyatga uchratib, Oʻzbekiston delegatsiyasi gʻaznasini yana bir oltin medal bilan boyitishda o‘z hissasini qo‘shdi. “Bu yutuq – barchamizniki!” deya intervyu berarkan Muzaffarbek To‘raboyev o‘yin taassurotlari haqida o‘rtoqlashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...

Zamonaviy sharoit, xavfsiz jamiyat

Sariosiyo tumanida Ichki ishlar bo‘limining yangi, zamonaviy binosi foydalanishga...

Har qarich yer baraka

Jarqo‘rg‘on dehqonlari fidokor mehnati natijasida kartoshka hosilida rekord ko‘rsatkichlarga...

Kelajak kodlarda…

Termiz shahrida sun’iy intellekt texnologiyalariga bag‘ishlangan nufuzli umummilliy AI...
KunTun
KunTun