TAShABBUSNING QANOTI BOR

Date:

Sho‘rchilik Eshmuhammadjonning hayotida bugun eng baxtli kunlardan biri, shuning uchun ham quvonchi cheksiz. Sababi u egnida kuyovlik kiyimida, yonida sevgan yori bilan katta hayot ostonasidan xursanchilik bilan odimlayotir. To‘g‘ri, ota-onalar farzandlarining ana shunday quvonchli kuni — nikoh to‘yini orzu-havas bilan qilishadi. Ammo, bunday imkon hammada ham bo‘lavermaydi.
Eshmuhammadjon “Yoshlar daftari”ning qizil toifadagi yoshlardan biri. Tashabbusning qanoti bor deyishganidek, ezgu niyat, yaxshi tilak bilan to‘yga tashabbus ko‘rsatgan “Joyilma” shaharcha fuqarolar yig‘ini raisi Eshmuhammadjonning to‘yini qilish taraddudiga tushib qolib, harakatni boshlagan edi hamki, uning yoniga tuman prokurori va boshqa homiylar jam bo‘lib, ko‘pning harakati bilan bir oila bunyod bo‘ldi.
E’tirof etish kerakki, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng yo‘l ochilib, boshqa yo‘nalishlarda ham munosib qo‘llab-quvvatlanmoqda. Eshmuhammadjon kabi yoshlarning nikoh to‘ylarining o‘tkazilayotgani esa ana shunday qo‘llab-quvvatlovning bir ko‘rinishi deyish mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun