Muzeyga sayohat

Date:

Muzeylarimiz Surxon vohasining qadim tarixi haqida hikoya so‘zlaydi. Vohadoshlarimizning bo‘sh vaqti borki, tarixiy qadamjolar, muzeylarga borib, o‘tmishni, o‘zlikni anglashga kirishishadi. Sababi, bunday kichik sayohatlar vohani kashf etishga, olam-olam taassurotlar olishga xizmat qiladi. Qolaversa, har bir o‘zbekman va janubiy vohadanman degan borki, uning tarixini bilishi, bilishga qiziqishi tabiiy hol.
Surxondaryoga yo‘li tushib, mehmon bo‘lganlar ham birinchi navbatda muqaddas qadamjolarimizni ziyoratiga tutinishadi. So‘ng, madaniy obyektlar, tarixiy binolar, muzeylarimizda bo‘lishadi. Xuddi shunday Surxondaryo viloyatida joylashgan harbiy qismlarning birida o‘z yigitlik burchini o‘tayotgan muddatli harbiy xizmatchilar ham burchlarini unutmagan holda dam olish kunlarida vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda o‘zlari xizmat qilayotgan hudud tarixini chuqur o‘rganish maqsadida Termiz shahridagi “Tarix va madaniyat muzeyi”ga sayohat qilishdi.
Sayohat qiziqarli va taassurotlarga boy bo‘ldi. Tarixdan, o‘z davridan hikoya so‘zlovchi noyob eksponatlarni bir-bir ko‘zdan kechirib, ularning topilish tarixi haqida muzey mutaxassislari tomonidan aniq ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

N. Otaxanov,
katta leytenant

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun